O‘zbekistonda o‘quvchilar uchun taomlar tayyorlaydigan kombinatlar ochiladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishKotlet tayyorlash sexi
Kotlet tayyorlash sexi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Menyudan albatta salat, birinchi va ikkinchi taomlar, desert o‘rin oladi. Kompleks tushlik maktab o‘quvchilari uchun taxminan 2000 so‘m atrofida bo‘ladi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 2017-2020 yillar davomida umumiy ovqatlanish joyi mavjud bo‘lmagan 400dan ortiq ta’lim muassasalarida bufet tipidagi oshxonalar tashkil qilinadi. Bundan tashqari, ishlamayotgan oshxonalar qayta jihozlanadi va yana ish boshlaydi. Bu haqda "Uzbekistan Today" ma’lum qilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi vakili Hakim Nazarovning aytishicha, assotsiatsiya tomonidan o‘quvchilarning yoshlari hisobga olingan holda mamlakat bosh sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan zarur kaloriyaga ega kompleks menyu ishlab chiqilgan.

Gilos to‘la yashiklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari uchun ekologik xavfsizlik belgisi kiritdi

"Umumta’lim muassasalaridagi oshxonalar tanlov asosida tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Bunda korxona barcha meyoriy talablarga javob berishi, ushbu sohada ish tajribasiga ega bo‘lishi, malakali mutaxassis va tegishli texnologik jihozlarga ega bo‘lishi darkor. Ijaraga oluvchilar bilan bir yillik shartnoma tuziladi, agarda ular barcha talablarga muvofiq holda faoliyat olib borsalar, shartnoma bir necha yilga uzaytirilishi mumkin", — deydi Nazarov.

Oshpazlar assotsiatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika sanitariya xizmati bilan birgalikda maxsus komissiya tashkil etgan bo‘lib, u ma’lum bir vaqt davomida ushbu korxonalar faoliyatini tekshirib, nazorat qilib turadi.

Hakim Nazarovning aytishicha, hozirda ovqatlanish kombinatlari — "Yoshlar ishlab chiqarish keytring korxonasi" barpo etish taklifi kiritilgan.

"Biz Rossiya, Germaniya, Fransiya davlatlari tajribasini o‘rganib chiqdik. Shu asosda mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan o‘z variantimizni taklif qildik. Kombinat barcha turdagi taomlarni ishlab chiqaradi hamda bu taomlar maktab, kollej va litseylarda sotiladi. Bu xarajatlarni qisqartiradi, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi", — deydi u.

Uning aytishicha, o‘quvchilarga mo‘ljallangan barcha taomlar maxsus termo-konteynerlarda yetkazib beriladi. 2017-yilda har bir viloyatda ana shunday kombinat ochish rejalashtirilgan, 2018-yilda esa har bir tumanda ochiladi.

Nazarovning fikriga ko‘ra, respublikadagi aksariyat oshxonalardagi jihozlardan yetarlicha foydalanilmayapti. Kombinatlar tashkil etilishi natijasida ular to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Hozirgi kunda respublikada 100ta kasb-hunar kollejida umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari tayyorlanmoqda. Ularda 9 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ta’lim olishmoqda. O‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritildi, bolalar va parhez taomlarini tayyorlash texnologiyasiga bag‘ishlangan maxsus kurs tashkil etildi. Mazkur kollejlarni bitirgan yoshlar yangi tashkil etiladigan kombinatlarda ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Nazarovning aytishiga ko‘ra, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari, maktab, litsey va kollejlar o‘quvchilari uchun ularning yoshlari hisobga olingan holda maxsus menyular ishlab chiqilgan. Menyudan albatta salat, birinchi va ikkinchi taomlar, desert o‘rin oladi. Kompleks tushlik maktab o‘quvchilari uchun taxminan 2000 so‘m atrofida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0