"O‘zstandart" agentligi 1353ta hujjatni bekor qilmoqchi

© Sputnik/Viktor TolochkoHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik manfaatdor shaxslarning taklif va istaklarini qabul qilishga tayyor

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. "O‘zstandart" agentligi O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi ko‘zda tutilgan standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ro‘yxatining loyihasini tayyorladi, deb xabar beradi "Uzbekistan Today". Agentlik manfaatdor shaxslarning taklif va istaklarini qabul qilishga tayyor.

Loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqildi.

Xabarga ko‘ra, agentlik tomonidan tahlil o‘tkazilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi ko‘zda tutilgan standartlashtirish bo‘yicha 1353ta hujjat ro‘yxati loyihasini tayyorlagan.

Mazkur hujjatlar ro‘yxati bilan agentlik rasmiy saytida tanishish mumkin, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0