Dunyoda

Turk siyosatchisi: AQSH Gyulenning “gullab” qoʻyishidan xavfsiramoqda

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fathulloh Gyulen
Fathulloh Gyulen - Sputnik Oʻzbekiston
Gyulenning toʻntarishga urinish qatnashchilari bilan aloqadorligi haqida isbotlar yetarli

TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. AQSH turk hukumati tomonidan iyul oyidagi toʻntarishga aloqadorlikda ayblanayotgan Fathulloh Gyulenni Turkiyaga topshirish masalasini koʻrib chiqishni choʻzmoqda, chunki uning tergov organlarida koʻrgazma berishidan choʻchiyapti, dedi Turkiya parlamentining sobiq spikeri, deputat Mehmet Ali Shaxin, RIA Novosti xabariga asosan.

"Menimcha, Amerika hukumati terrorchilar boshligʻining AQShda boʻlgan davridagi faoliyati haqida aytib berishini istamaydi. Ular Gyulen qanday taklif asosida AQShda yashash uchun ruxsatnoma olganligini aytib qoʻyishidan xavfsirashadi", — dedi parlament sobiq spikeri Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, Gyulenning toʻntarishga urinish qatnashchilari bilan aloqadorligi haqida isbotlar yetarli. "15 iyul kuni isyonchilar qoʻlga olingan Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbariga oʻzlarining "gʻoyaviy yetakchi"lari Fathulloh Gyulen bilan aloqaga chiqishni taklif qilganliklarining oʻzi yetarlicha isbot", — deb qoʻshib qoʻydi Shaxin.

16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy toʻntarishni amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbulda boʻlib oʻtdi. Toʻqnashuvlarda 240 fuqaro halok boʻldi, ikki mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

Turkiya hukumati diniy ulamo Fathulloh Gyulenni toʻntarishga aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni Turkiyaga ekstraditsiya qilishni soʻradi. Gyulenning oʻz i esa toʻntarishni qoraladi va oʻzining bunga aloqasi yoʻqligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala