Analitika

Rogʻun GESI: oshkora tahdid

© president.tjRogʻun GESi qurilishi
Rogʻun GESi qurilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Rogʻun GESi qurilish koʻp yillardan buyon ekologik va seysmik xavfliligi bois Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi kelishmovchiliklarga sabab boʻlmoqda, biroq Dushanbedagilar loyiha mutlaqo xavfsiz va nafaqat Tojikiston, balki qoʻshnilar uchun ham foydali boʻlishini taʼkidlashmoqda

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. Tojikistonda Vaxsh daryosi suvini burish uchun toʻgʻon qurishga kirishildi. Respublika prezidenti Emomali Rahmon bir yarim soat davomida shaxsan oʻzi buldozerga oʻtirib daryoni toʻsish ishlarida qatnashdi.

Dushanbening fikriga koʻra mamlakatning elektr muammosini hal qilishga imkon beradigan Rogʻun GESining qurilishi boshlangani sababli daryo suvini burishga toʻgʻri keldi.

Emomali Rahmon Rogʻun GESi qurilishini shaxsan nazorat qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon Rogʻun GESi qurilishini shaxsan nazorat qilmoqda

Lekin Rogʻun GESining qurilishi gidrolog mutaxassislar va seysmologlarda xavotirlari va Oʻzbekistonning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Sputnik Oʻzbekiston ushbu muammoni batafsil oʻrganishga qaror qildi.

Rogʻun tarixi

Rogʻun GESi qurilishi loyihasi oʻtgan asrning oltmishinchi yillari oxirida ishlab chiqilgan. 1976 yilda stantsiya qurilishi boʻyicha tayyorgarlik ishlari boshlangan va 1993 yilga kelib 40 metrli toʻgʻon oʻrnatilgan va mashina hamda transformator zallaridagi asosiy ishlar yakunlangan.

SSSR parchalanganidan keyin obʼyektdagi ishlar toʻxtab qoldi va mustaqillikka erishgan Tojikiston hukumati qurilishni yakuniga yetkazish uchun investor va pudratchilar izlashni boshladi. Vaziyatni 1993 yil 8 maydagi toshqin murakkablashtirdi – suv toʻgʻonning bir qismini buzib yubordi va stantsiyaning texnik inshootlari suv ostida qoldi.

2004-2007 yillarda Rossiyaning “Rusal” kompaniyasi GESda faoliyat olib bordi. Rossiyalik injenerlar qator tadqiqot ishlarini olib bordilar va GESni qisman tikladilar. Biroq 2007 yilda shartnoma bekor qilindi.

Shundan soʻng Tojikiston Jahon bankini Rogʻun qurilishini moliyalashtirishga taklif etdi. Bank faqat har tomonlama ekspertizadan keyin mablagʻ ajratishga rozi boʻldi.

Mutaxassislar va Amudaryo havzasidagi mamlakatlar bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvlardan soʻng Jahon banki original loyihaga oʻzgartirish kiritilganidan keyin GES qurilishiga kirishish mumkinligini bildirdi.

"Inshootning xavfsizligi asosiy omil hisoblanadi, chunki Vaxsh daryosidagi har qanday yirik toʻgʻonning ishdan chiqishi Tojikiston uchun ham, quyida joylashgan davlatlar uchun ham halokatli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin", — deyiladi Jahon banki hisobotida.

Xavfli loyiha

Stantsiya va mintaqa uchun jiddiy tahdid bu seysmik faollikdir: mintaqada Rixter koʻrsatkichi boʻyicha 6-7 balli zilzilalar sodir boʻlgan (eng yuqori ball — 9). Oʻzbekiston hukumati kuchli zilzila sababli toʻgʻonga zarar yetishi yoki buzilib ketishi oqibatida ulkan miqdordagi suv toshqini paydo boʻlishi haqida koʻp bor tashvish bildirgan. Olimlar ham siyosatchilarning fikriga qoʻshilishadi.

Negev (Isroil)dagi Ben-Gurion nomli universitet qoshidagi "Janub olimlari" assotsiatsiyasining davra stoli ishtirokchilari mintaqada mazkur GES qurilishi borasida oʻz xavotirlarini bildirishdi.

"Dunyodagi eng baland toʻgʻon ulkan tuz qatlami ustida joylashgan yuqori seysmik faollikka ega tektonik boʻlak ustiga qurilmoqda. Bu borada oʻtgan asrning 60-yillaridagi injenerlik qarorlari va standartlariga asoslangan loyiha adolatli savol va xolisona xavotirlarni uygʻotadi", — dedi "Janub olimlari" assotsiatsiyasining ilmiy xodimi Aleksandr Kravets.

Rogʻun GESi qurilishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonlik olimlar Rogʻun toʻgʻonining xavfsizligini muhokama qilishmoqchi

Lekin hatto stantsiya zilzilaga dosh bergan taqdirda ham baribir qurilish davomida tabiatga ulkan zarar yetadi. EcoStandard groupning ekologik loyihalash va konsalting departamentining loyihalar boʻyicha yetakchi menejeri Yekaterina Sheshlyannikovaning Sputnik Oʻzbekistonga aytishicha, bunday inshootlar qurilishi tuproqqa ortiqcha bosim yuklaydi va daryoning gidrobotanik sharoitini yomonlashtiradi.

"Toʻgʻon koʻtarilishi sohilboʻyi hududlarining suv ostida qolishi, atrofning botqoqlashishi, obʼyekt atrofidagi vodiyning hayvonot va oʻsimlik olami oʻzgarishiga olib keladi", — dedi ekspert.

Bundan tashqari, uning soʻzlariga koʻra, suvning sifati ham yomonlashadi.

"Suv tubidagi choʻkindilarning yuqori surʼatda koʻchishi suv sifatining yomonlashishi, suv tubining ifloslanishi, grunt suvlari darajasining oʻzgarishi va keyinchalik butun hududga taʼsir qiluvchi oqim boʻylab yerning yemirilishiga olib keladi", — dedi ekspert.

Geosiyosiy jihat

Jahon banki ekspertlarining xulosalariga koʻra, GES qurilishi Vaxsh daryosi quyisidagi davlatlar – Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga katta taʼsir koʻrsatadi.

Stantsiya suv ombori toʻldirilguniga qadar (eng tez fursatda bu muddat 16 yil deb hisoblanmoqda) suv oqimi sezilarli ravishda kamayadi va bu Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi holatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Ekspert Yelena Kuzmina - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Rogʻun Markaziy Osiyodagi qoʻshnilar orasidagi muvozanatga putur yetkazadi

Bundan tashqari, RFA iqtisodiyot institutining sovetlardan keyingi tadqiqotlar markazining sovetlardan keyingi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti boʻlimi rahbari Yelena Kuzminaning aytishicha, Rogʻun GESining qurilishi – ancha ilgarigi loyiha boʻlib, u Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi muvozanatga qandaydir darajada putur yetkazadi.

"Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urindi. Xususan, Rogʻun GESi qurilishining barcha ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashishga ham uringan, ehtimol. Aftidan, kelisha olishmadi. Bunday masalalar xalqaro darajada muhokama qilinishi lozim", — dedi Kuzmina.

Buning ustiga, Dushanbe GES qurilishi uchun yetarlicha mablagʻga ega emas, dedi ekspert. Ehtimol bu shunchaki siyosiy ishora boʻlishi mumkin.

"Bunday yirik miqyosdagi GESni barpo etish uchun butun boshli qurilishga yetadigan pul boʻlishi darkor, faqatgina dastlabki qurilish boshlash uchun emas. Toʻgʻri, investitsiyalar bor, lekin bu mablagʻ yetmaydi.

Balki bu siyosiy oʻyindir. Hozircha bu siyosiy yoki iqtisodiy deklaratsiyadek tuyulmoqda", — dedi ekspert.

Shu paytga qadar GES qurilishi boʻyicha Tojikistonning harakatlarini izohlab kelgan Oʻzbekiston tomonidan qurilish ishlari boshlangani boʻyicha hozircha hech qanday bayonot berilmadi.

Tashqi ishlar vazirligi bu borada hech qanday izoh berilmasligini bildirdi.

Oʻz navbatida Tojikiston rahbariyati GES qurilishi nafaqat mamlakat uchun, balki mintaqa uchun ham strategik ahamiyatga ega ekanligini muntazam taʼkidlamoqda.

"Rogʻun GESi mintaqada gidroenergetik masalalarni hal qilishda muhim rolni ūynashi mumkin.

Mazkur inshoot oqim pastki qismida joylashgan mamlakatlarga foydalaniladigan yerlar sugʻorilishi va yangi yerlarni ūzlashtirishni taʼminlashga imkoniyat yaratadi.

Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Emomali Raxmon: Biz hech qachon, hech qanday sharoitda qoʻshni mamlakatlarni suvsiz qoldirmaymiz

Eslatib ūtish joizki, aynan yangi kichik va yirik gidroelektrostantsiyalar qurilishi elektroenergiya taqchilligi muammosini bartaraf etibgina qolmasdan, balki mintaqaning oqim pastki qismida joylashgan barcha mamlakatlarini qurgʻoqchilik yillarida suv bilan ham taʼminlaydi", — deyiladi Tojikiston prezidentining matbuot xizmati tomonidan.

Emomali Rahmon Tojikiston qoʻshni mamlakatlar bilan har tomonlama, jumladan ushbu masala boʻyicha ham hamkorlikka tayyor ekanligini taʼkidladi.

Biroq Oʻzbekiston uchun muammo shundaki, GES qurilishi mamlakat qishloq xoʻjaligiga anchagina sezilarli zarar yetkazadi. AQShlik tadqiqotchilar guruhi 2012 yildayoq Rogʻun GESi qurilishining xavfli tomonlariga oid tadqiqotini chop etgan. “Yevrosiyo geografiyasi va iqtisodiyoti” jurnalida Shohrux-Mirzo, Tomas DeSatter va Jey Leych muallifligida chop etilgan maqolada Rogʻun qurilishi oqibatida Oʻzbekiston koʻradigan zarar aniq raqamlarda keltirilgan.

Xorazm viloyatidagi qishloq xoʻjalik ekinlari maydoni 17,7%, Qoraqalpogʻistonda 14,6%ga qisqaradi. Oqibatda Qoraqalpogʻiston respublikasida paxta yetishtirish 18%ga qisqarishi mumkin. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq vaziyat oʻzgaradi. Masalan, Surxondaryo viloyati keladigan suv hajmining oʻzgarishi sababli qishloq xoʻjaligi sohasida yiliga 12 million dollar yoʻqotadi.  

Tabiiyki, qishloq xoʻjalik tizimidagi bunday oʻzgarishlar Oʻzbekiston iqtisodiyotini zaiflashtiradi va ishsizlikning oʻsishiga olib keladi — qoʻshnisining qurilish qilishi oqibatida paydo boʻladigan yangi muammolarni respublika hukumati oʻzi hal qilishiga toʻgʻri keladi — chunki Tojikiston xudbin loyihasi keltirib chiqaradigan muammolar uchun qoʻshnilariga kompensatsiya toʻlamoqchi emas.

Shu bilan birga Oʻzbekiston bunday miqyosdagi qurilishlar hamda mintaqadagi suv resurslarini taqsimlash masalalari ekspertlar ishtirokida va barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlari hisobga olingan holda xalqaro miqyosda hal qilinishi lozimligini koʻp bora taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala