Dunyoda

Tramp prezident boʻlsa boshqa davlatlarda demokratiya oʻrnatmaslikka vaʼda berdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Fotobankka oʻtishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
"Biz AQShdan tashqarida demokratiya qurish va tuzumlarni agʻdarishni bas qilamiz", - dedi Tramp

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp agarda prezident etib saylanadigan boʻlsa, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka va ularning tuzumini agʻdarmaslikka vaʼda berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Mosulni ozod qilish operatsiyasini "butkul falokat" deb atadi

"Biz harbiy kuchdan faqatgina AQSH milliy xavfsizligi uchun oʻta muhim boʻlgan holatlarda foydalanamiz.Biz AQShdan tashqarida demokratiya qurish va tuzumlarni agʻdarishni bas qilamiz hamda aralashishga hech qanday haqqimiz yoʻq boʻlgan holatlarga aralashmaymiz", — dedi u Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari bilan uchrashuvda.

AQSH prezidentligiga saylovlar 8 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Trampga saylovlarda demokrat Xillari Klinton raqobatchilik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader