O‘zbekiston meva-sabzavot yetkazishning yangi tizimini yaratadi

Obuna bo‘lish
Yangi maydoncha mamlakatda bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning uch bosqichli tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘ladi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yil boshida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan xalqaro elektron savdo maydonchasi ishga tushiriladi, deb xabar berdi "O‘zbekoziqovqatxolding"dagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Yangi maydoncha mamlakatda bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning uch bosqichli tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘ladi. Bu maydoncha savdo operatsiyalarini onlayn rejimda amalga oshirish va tuzilayotgan shartnomalarning shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Toshkentdagi meva-sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazish 2 baravarga oshdi

"Tizimning ikkinchi bo‘g‘ini bu  shu yilning aprelida tashkil etilgan "O‘zagroeksport" ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasidir. U meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazuvchi yagona operator bo‘lib, bu vositachilarning aralashuvi va mahsulot narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirdayoq kompaniya yiliga 3 million tonnadan ortiq mahsulotni xorijga jo‘natishga tayyor", — dedi manba.

Tizimning uchinchi qismi dunyoning muhim hududlarida tashkil etilayotgan keng tarmoqli savdo uylaridir. Bugungi kunda "O‘zagroeksport" Rossiyada to‘rtta va Qozog‘istonda ikkita savdo uyini ochdi. Suhbatdoshning aytishicha, BAA, Janubiy Koreya, Hindiston va Yevropa Ittifoqining qator davlatlarida savdo uylarini tashkil etish ishlari yakuniy bosqichda. Shuningdek, yangi bozorlarga kirib borish — Shri-Lanka, Indoneziya va Malayziyaga meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Yana bir muhim yo‘nalish — Rossiya bozorida, avvalo, Sibir, Uzoq Sharq va Ural hududlarida faoliyatni yanada kengaytirishdir.

2016 yilning 10 oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston 700 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qildi, yil oxiriga qadar esa bu ko‘rsatkich 1 million tonnaga yetadi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 2,3 million tonna kartoshka, 8,2 million tonna sabzavot, 1,5 milliona tonna rezavor, 1,2 million tonnadan oshiq uzum va 2 million tonna meva mahsulotlari yetishtirildi.

Yangiliklar lentasi
0