Singan suyaklari evaziga Jeki Chan "Oskar" mukofoti oldi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDjeki Chan
Djeki Chan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jeki Chan nafaqat komik va jang san’ati talantiga ega bo‘lgan akter, balkim ssenariy muallifi hamda qo‘shiqlar ijrochisidir.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Mashhur akter Jeki Chan kinematograf oldidagi buyuk xizmatlari uchun "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Amerika kinoakademiyasi o‘zining Twitter sahifasida.

Tantanali taqdimot marosimi Los-Anjelesda shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

"Suratga olingan 200ta film va bir necha singan suyaklardan keyin "Oskar" meniki bo‘ldi", — dedi 62 yoshli akter mukofotni qo‘liga olarkan. 

Ma’lumki, akter va rejisser Jeki Chan ko‘p filmlarida truklar, aktrobatik sakrashlar va jang sahnalarini, kaskaderlar yordamisiz, shaxsan o‘zi bajaradi.

OSKAR 2016 mukofoti - Sputnik O‘zbekiston
Faqat oq tanli akterlardan tashkil topgan “Oskar” nomzodlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
Natijada, u ko‘pincha turli jarohatlar olgan va suyaklari singan.

Jeki Chan nafaqat komik va jang san’ati talantiga ega bo‘lgan akter, balkim ssenariy muallifi hamda qo‘shiqlar ijrochisidir. Jeki Chan akter sifatida 100dan ortiq filmlarda suratga tushgan.

"Oskar" mukofoti, shunigdek, amerikalik hujjatli film rejisseri Frederik Uayzman, britaniyalik montajer Enn Kouts va akterlar tanlash bo‘yicha rejisser Linn Stalmasterlarga ham taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0