Tadbirkorlar Internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishTadbirkor ish ustida
Tadbirkor ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelasi yildan boshlab tadbirkor subyektlarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish va hisobga qo‘yish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshirila boshlaydi.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Kelasi yilning 1-aprelidan boshlab tadbirkorlarni ro‘yxatga olish 24 soat davomida to‘xtovsiz ravishda YaIDXP orqali amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

S - Sputnik O‘zbekiston
Parpiyev: 2017-yilda tadbirkorlarni tekshirish bekor qilinadi

Hukumat tomonidan 2016-yilning 28-oktabrida qabul qilingan "Tadbirkorlik sutyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish haqida"gi qarorga ko‘ra, banklar, kredit burolari va nodavlat va notijorat tashkilotlardan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish —  24 soat davomida uzuluksiz ravishda  YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, bank hisob raqamlarini Internet orqali  boshqarish, elektron to‘lovlar amalga oshirish uchun foydalanuvchining YaIDXPda  mavjud bo‘lgan shaxsiy kabineti va tadbirkor subyekt kabinetlari orqali amalga oshirilishi kerak.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklari hamda Markaziy bankka Internet tarmog‘i orqali elektron to‘lovlar amalga oshirayotgan tashkilotlarga yordam ko‘rsatish topshirilgan.

Hukumat tegishli muassasalarga mavjud bo‘lgan qonunlarga tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatga olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni bekor qiluvchi o‘zgarishlar ro‘yxatini ishlab chiqish topshirildi. Shuningdek taqdim etiladigan hujjatlarni notarial tasdiqdan o‘tkazish haqidagi talab ham bekor qilinadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Internet orqali ro‘yxatdan o‘tganda, tadbirkorlik subyektlari ikki baravar kam davlat boji to‘laydigan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0