TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar qilmoqda Turkiya prezidenti matbuot-xizmati.

Erdoʻgʻon boshchiligida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan turk delegatsiyasiga Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamrohlik qilishgan. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi muftiysi Usmonxon Alimov marhum xotirasiga Qurʼon tilovat qilgach, Erdogʻon va Mirziyoyev muzokaralar oʻtkazish uchun yoʻl olganlar.

Oʻzbekiston TIV axborotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻon uchrashuvi chogʻida Oʻzbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
