Neft va gaz sohasi mutaxassislari Ufa neft universitetida tajriba almashishdi

© Facebook Ufa Davlat neft texnik universiteti
Ufa Davlat neft texnik universiteti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Akademik Mirzojonzodaning ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalariga tatbiq qilingan gʻoyalarining amalga oshirilishi Rossiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon singari koʻpgina mamlakatlar neft va gaz sohalarida tan olinib sanoat miqyosida keng joriy qilindi

TOSHKENT, 18 noya – RIA Novosti. Neft va gaz sohasining yetakchi xalqaro mutaxassislari chorshanba kuni Ufa davlat neft texnik universitetida (UDNTU) ochiladigan akademik A. X. Mirzojonzoda xotirasiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada istiqbolli ilmiy yoʻnalishlar va yangi texnologiyalarni qoʻllash usullarini muhokama qildilar, deb oliygoh matbuot xizmatidan RIA Novostiga xabar berishdi.

16 dan 18 noyabrgacha oʻtgan konferentsiyada 40 dan ortiq yetakchi olimlar, A. X. Mirzojonzoda ilmiy maktabining Ozarbayjon, Vetnam, Qazogʻiston, Rossiyalik namoyandalari, shuningdek Avstriya, Shveytsariya va Isroillik mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ufa davlat neft texnik universiteti 2016 yilda Rossiyaning tayanch oliygohi mavqeʼiga ega boʻldi, va deyarli shu bilan bir vaqtda, Gazpromning tayanch oliygohi mavqqeʼini ham oldi, deb xabar berdi UDNTU rektori Ramil Baxtizin.

"Bu natijalarga, shu jumladan, universitetning akademik A. X. Mirzojonzoda asos solgan bir necha yetakchi ilmiy maktablari faʼoliyati tufayli erishildi. Uning ilmiy diqqat-eʼtibori doirasi keng tadqiqot yoʻnalishlarini qamrab olardi: neft va gaz konlariga ishlov berish, uglevodorodlarni qazib olish va ularni transport qilish", — dedi u RIA Novostiga.

Akademik A. X. Mirzojonzoda shogirdlari qatoriga oʻz ilmiy maktablarini tashkil etgan koʻpgina mashhur olimlar, shu jumladan, professorlar M. M. Xasanov, A. G. Gumerov, R. N. Baxtizin, V. Baykov, I. R. Baykov, A. M. Shammazov va boshqalar kiradi.

Akademikning ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalariga tatbiq qilingan gʻoyalarining amalga oshirilishi Rossiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon singari koʻpgina mamlakatlar neft va gaz sohalarida tan olinib sanoat miqyosida keng joriy qilindi. Ilmiy masalalarni yechish usullari turli yoʻnalishlar olimlari: matematiklar, fiziklar, neftchilar, texnologlar, mexaniklar jamoasini bir ilmiy jamoaga birlashtirishda mujassamlashdi, deydi Ramil Baxtizin.

"Bunday yondashish oʻz vaqtidan oʻzib ketdi, va hozirda bunday hamjamiyatlar neft qazishning aktual muammolarini hal etishda juda katta yordam koʻrsatyapti", — deb taʼkidladi UDNTU rektori.

Forum ishi kunlarida shuningdek Rossiya va Ozarbayjon oliygohlari asotsiatsiyasi texnik oliygohlari rektorlarining ishchi yigʻilishi ham boʻlib oʻtdi. Konferentsiya qatnashchilari "UDNTU kuni" va "Yoshlar ilmiy festivali" tantanali tadbirlarida ham ishtirok etishdi.

Konferentsiya tashkilotchilari – Ufa davlat neft texnik universiteti, Boshqirdiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, "BashNIPIneft" MCHJ, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti, "Vetsovpetro" QK, Uxta davlat texnik universiteti, NIPI "Neftegaz" Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi va Rossiya va Ozarbayjon Oliy oʻquv yurtlari assotsiatsiyasi.

Yangiliklar lentasi
0