TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. "Oʻzbekiston" Milliy teleradiokompaniyasi va "Yoshlar" telekanalida Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev haqida film namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Xabarda aytilishicha, film ikki qismdan iborat boʻlib, har bir qismning davomiyligi — 20 daqiqani tashkil etadi. Filmlar Mirziyoyevning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan boʻlib, maktabdagi murabbiylari bilan intervyularni oʻz ichiga mujassam qilgan.
Filmda Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev qanday qilib oliygohning oddiy oʻqituvchisidan prorektorlikkacha, va keyinchalik, Oʻzbekiston Bosh vaziri lavozimigacha boʻlgan yoʻllarni qanday bosib oʻtganligi haqida soʻz boradi. Kartinada Mirziyoyevning bolalik va oʻsmirlik davridagi oq-qora suratlardan ham foydalanilgan.
Film oʻzbek tilida suratga olingan boʻlib, unda surdotarjima ham keltirilgan.
Shu kunlarda esa u YouTube dagi videoxostingda ham paydo boʻldi.