O‘zbekistonda narkotrafik tashkil etmoqchi bo‘lgan guruh jazoga tortildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGiyohvand moddalar
Giyohvand moddalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guruh a’zolarining turar-joylari tintuv qilinganida, ularning uylaridan 10 kilogramdan ortiq giyohvand moddalar, xususan, geroin, afun, nasha topilgan

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi Rossiyada giyohvand moddalar savdosini tashkil etishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, deb xabar berdi RIA Novosti viloyat prokuraturasi vakiliga asoslanib.

"2016 yil bahorida to‘rt nafar ayblanuvchi Tojikistondan Rossiyaning qator viloyatlariga giyohvand moddalar yetkazish bo‘yicha kanal tashkil etish uchun til biriktirgan, ularga 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi", — degan suhbatdosh agentlikka. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchilarni qo‘lga olish Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor axborot almashinish jarayonida amalga oshirilgan.

Ayblanuvchilar Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokidagi nazorat xaridi vaqtida qo‘lga olingan. Ma’lumot berilishicha, guruh a’zolarining turar-joylari tintuv qilinganida, ularning uylaridan 10 kilogramdan ortiq giyohvand moddalar, xususan, geroin, afun, nasha topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston hududidan "shimoliy marshrut" deb nomlangan giyohvand moddalar yetkazib berish kanali o‘tadi. Bu yo‘l orqali Afg‘onistondan Yevropa mamlakatlari va Rossiyaga har yili 100 tonnagacha giyohvand modda olib o‘tiladi.

Yangiliklar lentasi
0