Milliy TV "Vecherniy Urgant"ni o‘zbekcha talqinda namoyish etadi

© UZ24Milliy TV yangi loyihani ishga tushirmoqda
Milliy TV yangi loyihani ishga tushirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haftaning har dushanbasidan juma kuniga qadar yangi shou ajoyib musiqa va qiziqarli mehmonlari bilan teletomoshabinlarga xushnud kayfiyat ulashishi aytilmoqda

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston televideniyesida ilk bor yangi yo‘nalishdagi kechki shou dasturi Milliy TV telekanali orqali efirga uzatiladi, deb xabar qilmoqda uz24 nashri.

"Milliy TV ijodkorlari tez kunda MTV Show deb nom olgan yangi loyiha ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. Har oqshom dushanbadan jumaga qadar yaxshi musiqa va ajoyib mehmonlarga boy dastur teletomoshabinlar kayfiyatini ko‘tarish uchun efir yuzini ko‘radi. YouTube’da yangi teleloyihaning videoanonsi paydo bo‘ldi.

Teledasturning sujetiga oid boshqa ma’lumotlar hozircha sir tutilmoqda. Yangi dastur dekabr oyidan boshlab efirga uzatila boshlashi kutilmoqda", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0