Hodisalar

Olma-Ota koʻchalari kalamushlarga toʻlib ketdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishKalamush
Kalamush - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Olma-Ota koʻchalaridagi ahvolga, shaharliklarning oʻzlari aybdor degan xulosaga kelindi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Qozogʻiston poytaxti koʻchalarida shu kunlarda semiz kalamushlar tez-tez koʻzga tashlanmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qozogʻiston nashri.

"Sovuq tushishi bilan oʻz inlariga, yoxud yer ostida, issiq joylarda berkinib oladigan kalamushlarning koʻchalarni toʻldirib tashlayotganiga shahar aholisining oʻzi aybdor. Ular duchkelgan joyga oziq-ovqat qoldiqlarini tashlamasliklari kerak", — deb izoh bergan nashrga Qozogʻiston Milliy Iqtisodiyoti vazirligi isteʼmolchilar huquqini himoya qilish qoʻmitasi departamenti rahbarining oʻrinbosari Karligash Abdijabbarov.

Ilgariroq olma-otaliklar ijtimoiy tarmoqlarda odamlardan umuman choʻchimay, koʻchalarda bemalol yugurib yurgan bir talay semiz kalamushlar aks etgan videoroliklarni internetga joylashtirgan edilar.

Video roliklar tagida qoldirilgan izohlarda kimdir ushbu ayanchli holat hukumat harakatsizligi tufayli yuz bergan, deb yozgan boʻlsa, kimdir buning sababini mushuklarning kamayib ketganligida koʻrgan.

Yangiliklar lentasi
0