Toshkentda "Robotlar jangi" o‘tkaziladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRobot
Robot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, MIT.uz tanlovi doirasida dasturchilar uchun "OpenData challenge" hamda "MITUZ Programming Contest" musobaqalari ham o‘tkaziladi

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. 2016-yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahrida "Robotlar jangi" tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda robotwars.mit.uz saytida ma’lum qilinmoqda.

MIT.uz tanlovi doirasida tashkil etilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun tanlov saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar yakka yoki jamoa bo‘lib yaratgan robotlari bilan tanlovda qatnashishlari mumkin.

Saytda bildirilishicha, "Robotlar jangi"da g‘alaba qozonish uchun robot raqibini ringdan chiqarib yuborishi kerak bo‘ladi. 

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Bundan tashqari, MIT.uz tanlovi doirasida dasturchilar uchun "OpenData challenge" hamda "MITUZ Programming Contest" musobaqalari ham o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0