OAV: Mirziyoyev o‘zbek san’atini yuksaltirayotgan iste’dod sohiblarini sanab o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashgan O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent milliy madaniyat va san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod sohiblarini sanab o‘tdi

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan o‘tganzgan uchrashuvi chog‘ida o‘zbek san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi, deb xabar bergan Darakchi nashri.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi. O‘z nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev Toshkent milliy madaniyat va san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi", — deyiladi xabarda.

"Buyuk san’atkorlar – Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Yunus Rajabiy, Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Karim Zokirov, Qudrat Xo‘jayev, G‘ani A’zamov, Zikir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov kabi o‘nlab, yuzlab iste’dod sohiblari madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
Hozirgi kunda O‘zbekiston xalq artistlari – Po‘lat Saidqosimov, Rixsixon Ibrohimova, Yayra Abdullayeva, Elor Nosirov, Afzal Rafiqov, Gulchehra Jamilova, Farruh Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov, Malika Ibrohimova, Xayrulla va Yodgor Sa’diyevlar, Lutfulla Sa’dullayev, Ismoil Jalilov, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, taniqli kinorejissor Zulfiqor Musoqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Mahmud Ismoilov, Hojiakbar Komilov, Gulchehra Sa’dullayeva, Fatxulla Ma’sudov, Abduraim Abduvahobov, Abdulla Shomag‘rupov, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov kabi iste’dod sohiblari faol ijod qilib kelmoqda.

O‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga O‘zbekiston xalq rassomlari Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiyev kabi marhum san’at ustalari buyuk hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi", — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida.

Yangiliklar lentasi
0