OTB O‘zbekiston meva eksportini oshirishi uchun 154 mln $ ajratdi

© TANG CHHIN SOTHY / AFPOsiyo taraqqiyot banki
Osiyo taraqqiyot banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha yetishtiriladigan meva mahsulotlari tizimini diversifikatsiya qilish va Rossiya hamda Yevropa bozorlariga eksport qilish salohiyatini oshirishni ko‘zda tutadi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi O‘zbekiston hukumatiga bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun 154 million dollar miqdorida kredit ajratdi. Bu haqda OTB saytida ma’lum qilindi.

Loyiha yetishtiriladigan meva mahsulotlari tizimini diversifikatsiya qilish va Rossiya hamda Yevropa bozorlariga eksport qilish salohiyatini oshirishni ko‘zda tutadi.

Bankning ma’lum qilishicha, kredit mablag‘lari yangi navdagi mevali daraxt ko‘chatlarini sotib olish, ularni yetishtirish texnologiyasini rivojlantirish hamda meva mahsulotlarini saqlash infrastrukturasini yaratishga yo‘naltiriladi. Kredit mablag‘lari O‘zbekistonning sakkiz tijorat banki orqali qayta moliyalashtiriladi.

Meva va sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya supermarketlariga 117million $lik meva yetkazib beradi

Respublika iqtisodiyot vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2016-yilning yanvar-iyun oylarida meva-sabzavot eksportini 30%ga – 354 ming tonnagacha oshirgan. Vazirlikning qayd etishicha, Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish eksport umumiy hajmining 60-65%i tashkil etadi. 

Ilgariroq O‘zbekiston bosh vaziri Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston va Rossiya noyabrda RF bozoriga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazishni oshirish maqsadida "yashil yo‘lak" tashkil etish bo‘yicha hujjat imzolashini ma’lum qilgandi. "Yashil yo‘lak" O‘zbekistondan RFga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishda bojxona va fitosanitar nazoratdan o‘tkazish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston 1995-yilda OTBga a’zo bo‘lgan va bugungi kunda Markaziy Osiyoda ushbu moliya institutidan eng yirik kredit oluvchi mamlakat hisoblanadi. OTB 1995-yildan buyon O‘zbekistonga ta’lim, qishloq xo‘jaligi, transport infrastrukturasi va energetika sektorini modernizatsiya qilish bo‘yicha 54 loyihani amalga oshirish uchun jami 5,1 milliard dollar va texnik hamkorlik borasida 65 million dollar grant ajratgan.

Yangiliklar lentasi
0