Jamiyat

MDH missiyasi saylovga tayyorgarlik haqida oraliq hisobotni eʼlon qildi

© FlickrKuzatuvchilar saylov qutilarini tekshirmoqda
Kuzatuvchilar saylov qutilarini tekshirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Missiyaning fikricha, saylov kampaniyasi osoyishta muhitda, oshkora raqobat ruhida va tashkiliy jihatdan yuqori darajada oʻtmoqda

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda Prezidentlik saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi uyushqoqlik bilan va oshkora raqobat ruhida oʻtmoqda. MDH kuzatuvchilar missiyasining saylovlarga tayyorgarlikni kuzatish davomida tayyorlangan oraliq hisobotida shunday deb maʼlum qilindi.

Hisobot missiya kuzatuvni boshlagan 17 noyabrdan 28 noyabrgacha boʻlgan muddatni qamrab olgan.

"Missiyaning fikricha, saylov kampaniyasi osoyishta muhitda, oshkora raqobat ruhida va tashkiliy jihatdan yuqori darajada oʻtmoqda", — deyiladi hisobotda.

Missiya shuningdek, Prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish va roʻyxatdan oʻtkazish ham ochiq va oshkora, muqobillik tamoyillari asosida qonunga muvofiq boʻlib oʻtganini eʼtirof etdi.

Missiyaning maʼlum qilishicha, saylov tajribasida ilk marta Oʻzbekiston rahbari sayloviga tayyorgarlik davomida MSK tomonidan tasdiqlangan saylovchilar huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha tadbirlar dasturi qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

MDH kuzatuvchilar missiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MDH missiyasi kuzatuvchilari oʻz faoliyatini boshladi

"Missiya oʻzining yakuniy xulosa va baholarini saylovlarni kuzatish yakunlanganidan soʻng eʼlon qiladi", — deyiladi hujjatda.

MDH kuzatuvchilar missiyasi 17 noyabr kuni Oʻzbekiston yetakchisini saylash jarayonini monitoring qilishga kirishgandi. Missiya tarkibida kamida 70 nafar kuzatuvchi boʻlishi kutilmoqda, missiyaga tashkilot ijroiya direktori Sergey Lebedev rahbarlik qilmoqda.

Prezidentlik saylovlari 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Mamlakatda rasman faoliyat koʻrsatayotgan barcha toʻrt siyosiy partiya koʻrsatgan nomzodlar roʻyxatga olingan.

Ikkinchi sentyabr kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Respublika Prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala