Rossiyada yangi dizayndagi Ravon R2 sotuvga chiqdi

© AvtostatRAVON R2
RAVON R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi dizayndagi Ravon R2ning Rossiya avtosalonlaridagi narxi 439 ming rublni tashkil etadi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Ravon brendining Rossiyadagi vakolatxonasi yangilangan dizayndagi R2 xetchbeklari sotuvini boshlladi. Mashinaning radiator panjaralari, tumanga qarshi faralar va old bamperi ozgina o‘zgarishga uchragan. Ravon R2 86 ot kuchiga ega 1,2 litrli motor va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo‘lib, 439 ming rubldan taklif etilmoqda.

RAVON brendi taqdimoti - Sputnik O‘zbekiston
Ravon R4 seriyali ishlab chiqarilmoqda

Chevrolet Sparkning nusxasi bo‘lgan Ravon R2 O‘zbekistondagi "GM-Uzbekistan" zavodida 2016-yildan boshlab chiqarilmoqda. Avtomobil rasman Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston bozorlarida sotiladi.

Ilgariroq "AVTOSTAT" 2016-yilning o‘n oyi yakuniga ko‘ra Ravonning Rossiyadagi dilerlari 756 avtomobil sotishganini ma’lum qilgandi. Bugungi kunda Rossiyada Gentra va Nexia R3 sedanlari, Ravon R2 xetchbeki sotilmoqda. Bundan tashqari, 1-dekabrdan Rossiya bozorida Chevrolet Cobaltning o‘zgarishga uchragan versiyasi bo‘lmish yangi Ravon R4 sedani sotuvi boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0