Jamiyat

Prezident saylovda 35 ming fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

© Sputnik / Kostis Ntantamis / Fotobankka oʻtishSaylov uchastkasi
Saylov uchastkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezident sayloviga muddatidan oldin ovoz berish saylovdan 10 kun oldin boshlangan edi. Markaziy saylov komissiyasi xabariga koʻra 28 noyabr holatiga 35 ming kishi ovoz bergan.

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi xabariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 35 ming kishi qatnashgan, RIA Novosti xabariga asosan.

"28 noyabrning 20:00 da muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalariga 34,7 ming kishi tashrif buyurdi. Muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda, qonunbuzarliklar kuzatilgani yoʻq", — deyilgan MSQ vakili xabarida.

Belgilangan kuni saylovda ishtirok eta olmaydigan Oʻzbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berish uchun buning sababini tushuntirib berishlari kerak. Oʻzbekistonda muddatidan olin ovoz berish belgilangan saylov kunidan 10 kun oldin boshlanib bir kun oldin tugaydi.

MSQ xabariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti saylovi uchun 9 min saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ulardan 44tasi — mamlakat tashqarisida. Saylovda umumiy hisobda 21 million fuqaro qatnashishi kutimoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala