Saylov kuni ovoz berish jarayonini onlayn kuzatish mumkin

© SIK UzbekistanaO‘zbekiston MSK onlayn konferensiyasi
O‘zbekiston MSK onlayn konferensiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident saylovida ovoz berish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida real vaqt rejimida kuzatish mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekistonda saylov kuni ovoz berish jarayonini onlayn rejimda kuzatish, viloyatlar bilan videoaloqa orqali muloqot o‘tkazish imkonini beruvchi yagona kompyuter tarmog‘i yaratildi, deb xabar bermoqda NUZ.UZ.

4 dekabr kuni MSK O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazida tashkil etiladigan onlayn brifinglar orqali jamoatchilikni ovoz berish jarayonining borishi bilan tanishtirib boradi.

Interkontinental Tashkent mehmonxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Saylov oldidan OAVlar uchun press-klub tashkil qilindi

Eslatib o‘tamiz, Prezident saylovlarini o‘tkazish uchun saylov uchastkalari, jumladan xorijiy davlatlarda 44ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ularning barchasi ovoz berish uchun kerakli sharoit va jihozlar bilan ta’minlangan.

Har bir saylov uchastkasida Prezidentlikka nomzodlar haqida ma’lumotlar mavjud. Uchastka saylov komissiyalari saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilishmoqda. Teleradiokanallarda saylov o‘tkaziladigan kun, muddatidan oldin ovoz berish, saylov bulletenlarini to‘ldirish tartibi hamda saylov uchastkalari faoliyati haqida eshittirish va videolavhalar berilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari besh yil muddatga saylanadi.

Yangiliklar lentasi
0