Buxoroda chiqindini qayta ishlash zavodi ishga tushadi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishChiqindini qayta ishlash zavodi
Chiqindini qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda zavod quriladigan hududda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Shu yilning oxirigacha Buxoroning Kogon tumanida chiqindini ajratish va qayta ishlash zavodi ishga tushadi. Bu haqda Buxoro shahridagi "Maxsusavtoxo‘jalik" MChJ direktori Ashur Alarovga asoslanib nuz.uz xabar berdi.

"Biz hududni tanlab bo‘ldik, hozirda u yerda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Birinchi navbatda chiqindini ajratish stansiyasini qurish niyatidamiz", — dedi Alarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular bir nechta davlatlarning bu boradagi texnologik takliflarini o‘rganib chiqqanlaridan so‘ng xitoylik hamkorlar bilan ishlashni ma’qul ko‘rishgan.

Chiqindini qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindi to‘plash tizimi achinarli ahvolda

Bugungi kunda maxsus avtoxo‘jalikda uch milliard so‘mlik lizing evaziga sotib olingan o‘ttizta maxsus mashina, uchta multi lift, bir milliard 210 million so‘mga sotib olingan 55ta metall konteyner mavjud. Har kuni xo‘jalikning 150 nafar ishchisi 65ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan ikki yuz tonnadan ortiq chiqindini yig‘ishtirib olishadi. Viloyat markazidagi ko‘p qavatli uylar hududlarida 80ta maxsus chiqindi yig‘ish joylari tashkil etilgan.

Yonilg‘i-moylash materiallarini tejash maqsadida barcha transport metan gazi asosida yuradi. Bundan tashqari, har bir mashinaning qat’iy jadval asosida ishlashini nazorat qilib turish maqsadida ularga GPS tizimi o‘rnatilgan.

Kelajakda biogaz va RDF yoqilg‘isi ishlab chiqariladigan zavod qurish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0