O‘zbekistonga iliq havo qaytdi

© Ana_JOb-havo
Ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 daraja atrofidagi iliq havo uch-to‘rt kun davomida saqlanib turadi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Yaqin ikki kun davomida sinoptiklar mamlakatning barcha viloyatlarida havo isib ketishini kutishmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, bugun Toshkentda havo harorati 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham bugun kunduzi havo 12-20 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning boshqa viloyatlarida ham havo harorati 10-20 daraja atrofida bo‘ladi.

20 daraja atrofidagi iliq havo uch-to‘rt kun davomida saqlanib turadi.

Biroq 3-dekabrga kelib sinoptiklar yomg‘ir yog‘ishini, 6-dekabrdan esa havo haroratining pasayishini taxmin qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0