Hodisalar

Samarqandda talonchilar toʻdasi faoliyatiga chek qoʻyildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishQoʻlga olish
Qoʻlga olish - Sputnik Oʻzbekiston
Ayblanuvchilar xususiy tadbirkorlarni oʻldirish bilan tahdid qilib hamda ularning yaqinlarini qiynash yoʻli orqali tovlamachilik bilan pul undirishgan

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Samarqand viloyat huquqni muhofaza qilish organlari viloyat hududida talonchilik va oʻgʻirlik bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruhni qoʻlga oldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga kuch tizimidagi manba.

Payariq tumanilik 27 yoshli Toir Xoʻjaqulov shu tumanda yashovchi toʻrt fuqaro: 19 yoshli Sadoqat Himmatova, 31 yoshli Bekzod Abdugʻaniyev, 42 yoshli Odiljon Aminov va 19 yoshli Ibrohimjon Abdusalomovlardan iborat jinoiy guruh tuzadi.

Guruhning har bir aʼzosining oʻz vazifasi boʻlib, ular toʻda rahbariga soʻzsiz boʻysunishgan. Ayblanuvchilar xususiy tadbirkorlarni oʻldirish bilan tahdid qilib hamda ularning yaqinlarini qiynash yoʻli orqali tovlamachilik bilan pul undirishgan.

"Mazkur jinoiy guruh qator jinoyatlarni amalga oshirgan. Talonchilarning harakatlaridan Payariq tumanining koʻplab fuqarolari jabr koʻrishgan. Masalan, guruh aʼzosi Sadoqat Himmatova sheriklariga "Madaniyat" mahallasidagi xonadonlardan biri haqidagi maʼlumotlar va uyning chizmasini beradi. Toʻda tunda xonadondagi itlarni zaharlab oʻldirib, hujum uyushtiradi. Uy egalarini kaltaklab va tahdid qilib, ular xonadondan 30 million soʻm va 1200 dollar pulni olib chiqib ketishadi", — dedi manba.

Hibsga olinganlar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Margʻilonda reyderlik bilan shugʻullangan jinoiy toʻda ustidan hukm oʻqildi

Shuningdek, uyushgan guruh aʼzolari Payariq tumanida yashovchi Hasanovlar xonadonidan umumiy qiymati 53 million soʻmdan ortiq boʻlgan tilla buyumlarni oʻgʻirlab chiqib ketishadi. Bundan tashqari, guruh aʼzolari talonchilik va oʻgʻirlik bilan bogʻliq qator jinoyatlarni sodir etishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiya orqali toʻdaning barcha aʼzolari qoʻlga olindi. Jinoyat ishlari boʻyicha Payariq tuman sudida mazkur ish boʻyicha sud jarayoni boʻlib oʻtdi.

Koʻrib chiqilgan hujjatlar va ashyoviy dalillar asosida ayblanuvchilarga Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 164-(talonchilik) va 169-(oʻgʻirlik) moddalari bilan ayblov qoʻyildi.

Toir Xoʻjaqulov 11 yilga, Bekzod Abdugʻaniyev va Ibrohimjon Abdusalomov har biri 10 yil 6 oydan, Odiljon Aminov 10 yilga va Sadoqat Himmatova 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala