Hodisalar

Sergelidagi uylardan biri podʼyezdida chaqaloq topildi

Uyda yashovchi fuqarolardan biri ijtimoiy tarmoqqa joylagan chaqaloqning surati butun internetni larzaga keltirdi, huquq-tartibot organlari esa chaqaloqning onasini qidirmoqda

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Doʻstlik mavzesidagi 7-uyning birinchi qavatida yashovchilar zina maydonchasiga tashlab ketilgan, tugʻilganiga hali bir hafta ham boʻlmagan chaqaloq topib olishdi, deb xabar bermoqda "Novosti Uzbekistana" portali.

29 noyabr kech soat 10larda 4 qavatli uy podʼyezdida chaqaloq yigʻisi eshitildi. Chaqaloqning yigʻisini birinchi boʻlib birinchi qavatdagi xonadonlardan biridagi itlar eshitishdi va qattiq hura boshlashdi. Jonivorlarning egalari va ularning qoʻshnilari xonadondan tashqariga chiqishib, zina maydonchasida qora rangli sport sumkasi turganini koʻrishdi. Ular sumkani ochmaslikka qaror qilishdi va qoʻshni podʼyezdda yashovchi domkomga qoʻngʻiroq qilishdi.

© nuz.uzChaqaloq topilgan podʼyezd
Podʼyezd, v kotorom obnarujili sumku s novorojdennыm - Sputnik Oʻzbekiston
Chaqaloq topilgan podʼyezd

Domkom Zoya xola sumkada chaqaloq borligini bilib, hushyorlikni ham unutdi va darhol sumkani ochdi. Sumka ichida sovuq va yigʻidan koʻkarib ketgan chaqaloq yotardi.

"Uni ichida tirik goʻdak yotsa nimani kutishim kerak? Muzlab qolsa-chi? Sumkani ochganimizda u koʻkarib ketgan ekan. Bunday sovuq uchun uning usti juda yupqa edi. Chaqaloqda pampers, yupqa yoʻrgak, kolgotka va paypoq bor ekan, eski adyolga oʻrab sumkaga solib qoʻyibdi. U bu beton ustida qancha vaqt yotganini bilmaymiz-ku. Uyga olib kirib darhol isitdim. Movut roʻmolga oʻrab, ustiga adyol tashladim. Uning yuziga qon yugurib uxlab qoldi. Bechora", — dedi domkom.

Ayol shu zahoti uchastka inspktori va tez yordamga qoʻngʻiroq qildi. voqea joyiga IIB va prokuratura xodimlari ham yetib kelishdi. Shifokorlar chaqaloqni shahardagi 5-klinik kasalxonasiga olib ketishdi. Tekshiruvda uning sogʻlom ekanligi aniqlandi.

© nuz.uzTashlab ketilgan chaqaloqning tugʻilganiga hali bir hafta ham boʻlmagan
Naydennomu malchiku ne bыlo i nedeli - Sputnik Oʻzbekiston
Tashlab ketilgan chaqaloqning tugʻilganiga hali bir hafta ham boʻlmagan

Hushyor fuqarolarning aytishlaricha, chaqaloq tugʻilganiga hali bir hafta ham boʻlmagan: kindigi oddiy ip bilan bogʻlangan boʻlib hali tushmagandi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bundan kelib chiqib ona uni tugʻruqxonada dunyoga keltirmagan degan xulosaga kelishdi. Bu esa uning onasini topishni qiyinlashtiradi. Militsiya xodimlari oʻsha kuni itlar uning izini topishganini, lekin chorrahada izlar yoʻqolganini bildirishdi. Ayol mashinaga oʻtirib ketgan boʻlishi mumkin. Militsiya xodimlari shu uyda yashovchi fuqarolardan birining mashinasiga oʻrnatilgan kameradagi yozuvdan ham hech narsani aniqlay olishmadi. Ayol uyga boshqa tomondan kelgan. Operativ xodimlar bu mazkur tumanda mana shunday hodisa toʻrtinchi marta yuz berayotganligini aytishdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari endi jinoiy javobgarlikka mahkum boʻlgan onani qidirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala