Madaniyat

Lola Karimova palov haqidagi xabardan xursand boʻldi

© PixabayOʻzbek palovi
Oʻzbek palovi - Sputnik Oʻzbekiston
2008 yildan to 2016 yilgacha boʻlgan davr ichida YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga Navroʻz bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya sanʼati, Boysun madaniy muhiti kiritildi

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidentining qizi Lola Karimova-Tillyayeva oʻzbek palovi madaniyati va anʼanalari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilganidan xursandligini bildirdi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

"Azizlar, oʻzbek palovi madaniyati va anʼanalari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi.

Biz ushbu yangilikdan nihoyatda xursandmiz. Buning ahamiyati nimada va bu nimani anglatadi, deb soʻrashingiz mumkin", deb yoziladi sahifada.

Lola Karimova-Tillyayeva Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxati haqida tushuncha beradi hamda roʻyxatdan oʻrin olgan oʻzbek madaniyati va qadriyatlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etadi.

"Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxati millatlar, jamoalar, guruhlar va shaxslar tomonidan tan olingan anʼanalar, urf-odatlar, bilimlar va ularga tegishli vositalar, asarlar va madaniy makonlarni asrashga yoʻnaltirilgan. Mazkur roʻyxat ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan juda muhim hujjatdir.

Na rus. chitayte v kom-yax. For English please see comments’ section below. Azizlar, oʻzbek palovi madaniyati va anʼanalari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi. Biz ushbu yangilikdan nihoyatda xursandmiz. Buning ahamiyati nimada va bu nimani anglatadi, deb soʻrashingiz mumkin. Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxati millatlar, jamoalar, guruhlar va shaxslar tomonidan tan olingan anʼanalar, urf-odatlar, bilimlar va ularga tegishli vositalar, asarlar va madaniy makonlarni asrashga yoʻnaltirilgan. Mazkur roʻyxat ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan juda muhim hujjatdir. Bizning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonamiz faoliyati mobaynida, yaʼni 2008 yildan to 2016 yilgacha boʻlgan davr ichida, YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga shuningdek Navroʻz bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya sanʼati, Boysun madaniy muhiti kiritildi. Roʻyxatga kiritish jarayoni ikki yil va undan ortiq vaqtni talab etadi. Hozirda bizning vakolatxonamiz yangi loyihalar ustidan ish olib bormoqda, va anʼanaviy taomimiz boʻlmish palov bilan bogʻliq urf-odatlar YUNESKOning roʻyxatidan joy olgani toʻgʻrisidagi xabardan biz juda mamnunmiz. Palov oʻzbek xalqining kundalik hayotida hamda toʻy va marakalar, ehsonlarda oʻrtaga tortiladigan taomdir. Oʻzbek anʼanalariga koʻra, mezbon oʻrtaga palov tortganidan keyingina mehmonlarga ketishga ruxsat beriladi. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelyotgan palov bilan bogʻliq urf-odatlar xalqimizning madaniyati va qadriyatlarining muhim qismi xisoblanadi.➡️⬇️

Video opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Dek 2 2016 v 12:40 PST

Bizning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonamiz faoliyati mobaynida, yaʼni 2008 yildan to 2016 yilgacha boʻlgan davr ichida, YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga shuningdek Navroʻz bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya sanʼati, Boysun madaniy muhiti kiritildi.

Roʻyxatga kiritish jarayoni ikki yil va undan ortiq vaqtni talab etadi.

Hozirda bizning vakolatxonamiz yangi loyihalar ustidan ish olib bormoqda, va anʼanaviy taomimiz boʻlmish palov bilan bogʻliq urf-odatlar YUNESKOning roʻyxatidan joy olgani toʻgʻrisidagi xabardan biz juda mamnunmiz", deydi u.

"Palov oʻzbek xalqining kundalik hayotida hamda toʻy va marakalar, ehsonlarda oʻrtaga tortiladigan taomdir. Oʻzbek anʼanalariga koʻra, mezbon oʻrtaga palov tortganidan keyingina mehmonlarga ketishga ruxsat beriladi. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan palov bilan bogʻliq urf-odatlar xalqimizning madaniyati va qadriyatlarining muhim qismi hisoblanadi", deya fikriga yakun yasaydi Lola Karimova-Tillyayeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala