Jamiyat

Toshkentda saylov kuni taksi bepul xizmat koʻrsatadi

© Sputnik / Artem Jitenev / Fotobankka oʻtishTaksi
Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Bepul taksi xizmatidan foydalanish uchun Telegramdagi bot yordamida yoxud maxsus telefon raqami orqali ariza qoldirish talab etiladi, xolos

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent shahridagi transport kompaniyalaridan biri saylov kunida toshkentliklarni saylov uchastkalariga bepul olib borishini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Andijon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saylov kuni Andijonda jamoat transportidan foydalanish bepul boʻladi
Easy Taxi kompaniyasi taksi xizmatidan foydalanish uchun Telegramdagi telegram.me/EasyTaxiUz_bot boti orqali yoki 150 77 66 telefon raqami orqali ariza qoldirish kerak, xolos.

"4 dekabr — Oʻzbekiston prezidenti saylovi kuni! Easy Taxi kompaniyasi Vatanimizning kelajagi, uning gullab-yashnashi va har tomonlama ravnaq topishiga ishonadi. Har birimizning ovozimiz bunda juda muhim! Davlatimiz uchun oʻta muhim boʻlgan voqeadan chetda qolmaslikka chaqiramiz. Va barcha fuqarolarimizni saylov uchastkalariga qadar bepul olib borishni oʻz zimmamizga olamiz. Ushbu aktsiya faqat Toshkent shahrida amal qiladi", — deyilgan kompaniya xabarida.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent shahar hokimligi 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yoʻnalishlar boʻyicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00 dan boshlanishi va kun davomida yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatishini eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala