Ganada qalbaki AQSh elchixonasi borligi aniqlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Vashington
Goroda mira. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir guruh tovlamachilar Afrikaning Gana Respublikasida soxta elchixona ochib odamlarga viza va boshqa hujjatlar sotishgan.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Gana huqumati o‘z hududida soxta AQSh elchixonasi ochib fuqarolarga AQSh vizalari sotgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi AQSh Davlat departamenti ma’lumotiga asosan.

"Jinoiy faoliyat AQSh rasmiy vakillari tomonidan emas, balkim Gana va Turkiya fuqarolari bo‘lgan jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek guruh tarkibida migratsiya va jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan huquqshunos ham bo‘lgan", — deyilgan muassasa xabarida.

Soxta elchixona tashlandiq ikki qavatli binoda o‘n yil daomida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Binoga kirish joyida AQSh bayrog‘i osilgan va xonalardan birida Barak Obamaning portreti bo‘lgan. Mijozlarni ingliz va golland tilida gaplashadigan Turkiya fuqarolari kutib olishgan.

Soxta diplomatlar haqiqiy AQSh vizalari va qalbaki shaxsni aniqlovchi hujjatlar berishgan. Ushbu hujjatlar narxi 6 ming AQSh dollari bo‘lgan.

Jinoyatchilar qanday yo‘l bilan haqiqiy AQSh  vizalari olish imkoni ega bo‘lganligi va necha kishi ulurning xizmatlaridan foydalanishga ulgurganligi noma’lum.

Binoda tintuv o‘tkazgan huquqni saqlash organlari Hindiston, JAR, Shengen mamalkatlariga borish uchun haqiqiy va soxta vizalar, dunyoning 10ta mamlakatiga tegishli bo‘lgan 150ta pasport topishgan. Aynan ushbu jinoiy guruh Gana respublikasi hududida soxta Gollandiya elchixonasini ham ochishgani ma’lum bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0