Jamiyat

Mirziyoyev yangi Farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi. Nishon 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi

OSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida" farmoni imzolandi.

Oʻzbek harbiylari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi
Hujjatga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini qoʻllab-kuvvatlash maqsadida taʼsis etilmoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari bir oy muddatda belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin", — deyilgan Farmon matnida.

Nizomga muvofiq, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoxud yarador boʻlgan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar.

Hujjatga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala