Jamiyat

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng katta istirohat bogʻi quriladi

© Sputnik / Natalia Seliverstova / Fotobankka oʻtish"Disneylend"
Disneylend - Sputnik Oʻzbekiston
Bektemir tumanida, Chirchiq daryosi qirgʻogʻida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million dollar boʻlgan, dunyodagi eng mashhur "Disneylend" parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraktsionlar bogʻi quriladi

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Toshkentda dunyodagi eng mashhur “Disneylend”dan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta bogʻ quriladi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Yaponiya soforasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda shaharliklar orom olishlari uchun bir nechta xiyobonlar quriladi
Xabarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqida Poytaxt aholisi tomonidan shaharda madaniyat va istirohat bogʻlari yetarli emasligi haqida koʻplab eʼtirozlar bildirilayotganligini aytib oʻtgani taʼkidlangan.

"Bu boradagi ishlarni yaxshilash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga koʻra, 2017 yilda Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bogʻi barpo etiladi. Ularni joylashtirish  uchun Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Uchtepa, Sirgʻali, Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida tegishli yer maydonlari ajratib qoʻyildi", — deb yozadi nashr.

Bundan tashqari, nashrga koʻra, Bektemir tumanida, Chirchiq daryosi qirgʻogʻida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million $ boʻlgan, dunyodagi eng mashhur "Disneylend" parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraktsionlar bogʻi quriladi. Hozirgi paytda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Yevropaning yetakchi park operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala