Jamiyat

Toshkentda "chegirmalar jumasi": nailoj, oʻxshamadi

Toshkentdagi "Samarqand darvoza" gipermarketida 9-dekabr kuni "Moʻʼjizali juma" oʻtkazilishi aksariyat mahalliy nashrlarda tinmay reklama qilindi. Mahsulotlarga 70%lik chegirmalar eʼlon qilinishi haqida xabar topgan borki, oʻsha kuni mashhur gipermarket tomon shoshildi. "Moʻjizali juma" haqida xaridorlar tassurotlarini keltirib oʻtamiz

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston nashri "Moʻʼjizali juma" kuni "Samarqand darvoza"da boʻlgan xaridorlar bilan bogʻlanib, ularning taassurotlari bilan qiziqib koʻrdi.

"Nimasini soʻraysiz, "Samarqand darvoza" naq Ippodrom bozorini eslatadi-ya. Butun Toshkent koʻchib kelganmi, bilmadim, odam juda koʻp edi", — dedi 9 dekabr kuni arzonroq mahsulot xarid qilish istagida gipermarketda boʻlgan xaridorlardan biri.

"Reklamaning sehrli kuchi taʼsiri bu bilmadim, gipermarket yaqinidagi avtomobil turagohida mashinamni qoʻyishga boʻsh joy topa olmadi. Bir soat vaqtim mana shu muammoni hal qilish uchun ketdi", — deya shikoyat qildi Anvar ismli xaridor.

Ammo odam koʻpligi-yu, mashinani qoʻyishga joy topilmagani xamir uchidan patir ekanligi ayon boʻldi. Xaridorlardan biri "reklamalarda vaʼda qilingan 70% chegirmalarni qidiraverib, charchaganini" maʼlum qildi.

"Mahsulotlarga 70% chegirma boʻladi. "Skidkasiz" narsani topa olsangiz, u sizga bepul beriladi", deyishganiga ishonib, kelaveribman. Ammo hammasi bekor gap ekan. Doʻkonlarning hech biri yangi olib kelingan kollektsiyalarga chegirma qilmagan. Chet eldan keltirilgan buyumlarga 20% chegirma berilgan, xolos. 50% chegirmalar esa Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan "velikan" (katta oʻlchamdagi, demoqchi, tahr.) kiyimlarga! Toʻgʻri, 70% skidka ham bor edi: eng qimmat mahsulotlarga, faqat. Yaʼni oʻsha 70%lik chegirma berilgan bir juft paypoqning narxi — 120 ming soʻm! Bu deyarli eng kam ish haqi baravarida! Boshqalarni bilmadimu, men hayratda qolib, hech narsa xarid qilmay quruq qaytaverdim", — deya oʻz hayratini yashirmadi Dilafroʻz ismli xaridor.

© TwitterAQShda boʻlib oʻtgan "chegirmalar jumasi"da xaridorlar doʻkon rastalarini "ship-shiydon" qilib ketishgan edi
V SSHA v chernuyu pyatnitsu pokupateli snesli vse polki v magazine Nike - Sputnik Oʻzbekiston
AQShda boʻlib oʻtgan "chegirmalar jumasi"da xaridorlar doʻkon rastalarini "ship-shiydon" qilib ketishgan edi

"Erkaklarning yaxshi, sifatli koʻylagi 200 ming soʻm! Ayollar koʻylaklari esa — sifatlilari 2 milliongacha narxlangan. Yopiray, oddiy aholi uchunmas, shekilli", — deb taʼkidladi xaridorlardan yana biri.

Ammo, yuqorida bildirilgan fikrlarga qaramay, oʻz didiga mos, eng asosiysi, "choʻntakbop" mahsulotlarni topganlar ham juda koʻpchilikni tashkil qilgan. Mana misol uchun, xaridorlardan biri naq bir soat navbatda turib charchaganini yashirmadi.

"Magazin kassalarining oldiga yaqinlashib boʻlmaydi. Navbat ham "oʻzbekcha". Odamlar qator boʻlib turishsa-ku, oldi-berdi ham osonroq kechar edi", — deya fikr bildirdi suhbatdosh.

Nima ham derdik, chegirmalar jumasini eʼlon qilish gʻoyasining oʻzi hurmatga sazovor. Tashabbuskorlar bu yildagi barcha kamchiliklarni inobatga olgan holda, kelgusi yildagi bu kabi tadbirga yaxshiroq tayyorgarlik koʻradilar, degan umiddamiz. Misol uchun, konditsioner, qoʻriqlash xizmati, avtomobil turargohi va qoʻshimcha kassirlar masalasi degandek. Axir, xaridor mamnun boʻlsa — asosiysi shu emasmi?

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala