O‘zbekiston o‘z oziq-ovqat mahsulotlarini Seulda taqdim etdi

© Sputnik / StringerToshkentda meva-sbzavot yarmarkasi
Toshkentda meva-sbzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seulda bo‘lib o‘tgan World Food Expo Korea-2016 xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham ishtirok etib 200 ming $lik shartnomala imzolashdi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Koreya poytaxtida bo‘lib o‘tgan World Food Expo Korea-2016 xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida O‘zbekiston korxonalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar 200 ming $ dan ortiq eksport shartnomalari imzolashdi. Bundan tashqari bir necha mamlakat korxonalari bilan meva-sabzavotlar yetkizib berish, ushbu sohada turli xizmatlar ko‘rsatish haqida hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘rik, olcha, uzum, yong‘oq, karom va boshqa meva-sabzavotlar eksporti bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning yetakchi mamalkatlaridan biridir. Mamlakat qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ketma-ket izchilislohotlar natijasida oxirgi uch yilda meva-sabzavot eksporti hajmi uch barobardan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0