TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Senati seshanba kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oʻz vazifasidan ozod qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda taʼkidlanishicha, bu haqda Senat raisi Nigʻmatulla Yoʻldoshev maʼlum qilgan.
"Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror sizning qoʻlingizda. Marhamat ovoz bering. Bir ovozdan qabul qilindi", — deb taʼkidlagan Yoʻldoshev yigʻilishda.
Eslatib oʻtamiz, 12 dekabr kuni Parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgandi. 14 dekabr kuni Aripov ushbu lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan edi.