Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qurʼon va Konstitutsiyaga qoʻlini qoʻygan holda qasamyod qildi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisi ochildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Prezidenti axborot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev 5 yil muddatga Prezident etib saylandi
Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: “Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

Ayni paytda tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala