Bangladesh O‘zbekiston bilan savdo hajmini 1 mlrd$ ga yetkazmoqchi

Obuna bo‘lish
Elchining fikricha, ikki davlat o‘rtasida transport aloqalarini yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston uchun ulkan eksport darvozasini ochadi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Bangladesh yaqin bir necha yil ichida asosan o‘zbek paxtasini sotib olish hisobiga O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollargacha yetkazmoqchi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ushbu davlat elchisi Masud Mannan.

Uning fikricha, tovar ayirboshlashda qandaydir raqamlarga erishish muhim emas. Asosiysi, sifat yuqoriligiga erishish.

"O‘tgan yili umumiy tovar ayirboshlash 700 million dollarga yaqinlashdi va bu raqam yanada oshishini kutmoqdamiz. Ishonch bilan aytishim mumkin, bu ko‘rsatkich oshishda davom etadi. Bu yil Bangladesh o‘zbek paxtasini sotib olishda Xitoydan ham o‘tib ketdi", — dedi elchi.

LADA LARGUS CROSS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdosi 4 baravarga oshdi

Biroq, uning aytishicha, ikki tomonlama savdo hajmi ko‘rsatkichi taxminiydir. Buning sababi, aksariyat shartnomalar xususiy tadbirkor va kompaniyalar tomonidan tuzilishi sababli hukumat to‘liq statistik ma’lumotlarga ega emas. Lekin bu yil o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etiladi deb ta’kidlash mumkin.

Elchi shuningdek, Bangladeshni nafaqat O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, balki Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga o‘zbek bozori orqali chiqish ham qiziqtiradi.

"Sizlar ushbu mamlakatlarga chiqa olasizlar. Bu yerda biz umumiy rivojlanishimizga xizmat qiladigan ko‘plab loyihalarni amalga oshirishimiz mumkin. Islom Karimov rivojlanishning Bangladesh tajribasini o‘rganish lozimligini ko‘p bor ta’kidlagandi. Biz qo‘shma korxonalar tashkil etishimiz va mahsulotlarimizni boshqa mamlakatlarga eksport qilishimiz mumkin. Sizlarning eksport mahsulotlaringiz yuqori sifatga ega va o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqargan mahsulotlarimizni mintaqa va MDH mamlakatlarida sotishimiz mumkin", — dedi elchi.

Terminaldagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ostonada savdo uyi ochdi

Elchining fikricha, tovar ayirboshlashni oshiruvchi istiqbolli omillardan yana biri xorijda talab kuchli bo‘lgan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishdir. Masud Mannan ikki davlat ushbu yo‘nalishga e’tibor qaratishi lozim deb hisoblaydi. 

"Shu kunlarda O‘zbekiston biznes-delegatsiyasi Bangladeshga tashrif buyuradi va besh kun davomida bizning paxtani qayta ishlash va tayyor tekstil mahsuloti ishlab chiqarish tajribamizni o‘rganadi. Kelasi yil o‘rtalarida esa mamlakatimiz savdo vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Muzokaralar dasturi ishlab chiqilmoqda", — dedi elchixona vakili.

O‘z navbatida, o‘zbek tomoni Bangladeshga o‘g‘it va kimoviy dorilar ham yetkazib berishi mumkin.

"Hozir biz o‘g‘itlarni Rossiya, Polsha va boshqa mamlakatlardan sotib olmoqdamiz. Yonginamizda O‘zbekiston turganida biz nega ulardan sotib olishimiz kerak? Agar mamlakatlarimiz o‘rtasida yaxshi transport aloqalari yo‘lga qo‘yilsa, bizning bozorimizda millionlab tonna o‘g‘it sotishingiz mumkin", — dedi suhbatdosh.

Shu sababli elchi ikki tomonning biznes hamkorligini yaxshilash uchun O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish zarurligini bildirdi. Diplomatning fikricha, tez orada, aniqrog‘i, kelasi yilning birinchi yarmida mazkur masala hal bo‘ladi. Hozirda tomonlar bu borada deyarli barcha hujjat ishlarini nihoyasiga yetkazdilar.

Yangiliklar lentasi
0