Jamiyat

Tadbirkorlikka toʻsqinlik qilish – davlat siyosatiga toʻsqinlik qilish deb baholanadi

Oʻzbekiston rahbari tadbirkorlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrniga yuqori baho berdi

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqida tadbirkorlik sohasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

"Bizning yana bir muhim vazifamiz, – dedi Mirziyoyev, – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat oʻzini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror boʻlsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, yaʼni "Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi".

Oʻzbekiston Oliy Majlisi kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oliy Majlis tadbirkorlarni himoya qiladigan qonun ishlab chiqmoqda

Oʻzbekiston rahbari bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga toʻsqinlik qilish, deb baholanishini alohida taʼkidladi.

"Saylovchilar bilan uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu talabni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaganiga shaxsan oʻzim chuqur ishonch hosil qildim", – dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala