Siyosat

Rustam Azimov oʻz lavozimini tark etdi

© Pravitelstvo KRRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Azimov Bosh vazir oʻrinbosari lavozimida qoldirilgan

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov oʻz lavozimidan ozod etilgan.

"Darakchi" nashrida berilgan xabarga koʻra, sobiq Moliya vaziri Bosh vazir oʻrinbosari lavozimida qoldirilgan.

Azimovning oʻrnini shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, "Ipoteka-bank" aktsiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengashi raisi Xodjayev Botir Asadillayevich egallagan.

Botir Xodjayev 1956 yilda Toshkentda tugʻilgan, 1979 yilda Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala