Dunyoda

Misr Usama bin Lodinning oʻgʻliga mamlakatga kirishga ruxsat bermadi

© Flickr / Gigi IbrahimMisr politsiyasi
Misr politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
OAVlarda berilgan xabarlarga koʻra, "Al-Qoida" asoschisining oʻgʻli Omar bin Lodin Qohiraga juma kuni kechqurun Qatardagi reys orqali kirib kelgan

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Misr Usama bin Lodinning oʻgʻliga mamlakatga kirishga ruxsat bermadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Xabarda aytilishicha, Misr chegara xizmati xodimlari sobiq birinchi raqamli-terrorchi Usama bin Lodinning oʻgʻillaridan biriga mamlakatga kiritmagan.

"OAVlarda berilgan xabarlarga koʻra, "Al-Qoida" asoschisining oʻgʻli Omar bin Lodin Qohiraga juma kuni kechqurun Qatardagi reys orqali kirib kelgan. U pasport nazoratidan oʻtayotgan vaqtida misrlik chegara xizmati xodimlari erkakka u Misrga kirish taʼqiqlangan shaxslar roʻyxatiga kiritilganini aytganlar. Oradan bir necha soat oʻtgach bin Lodin Turkiyaga uchib ketgan", — deyiladi xabarda.

Omar bin Lodin Misrda 2007-2008 yillarda yashagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala