Rossiya

Obama Rossiyani neft, gaz va qurol sotuvchi zaif mamlakat, deb atadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
"Ular kichikroq, zaifroq (AQShga nisbatan). Ularning iqtisodiyoti hech narsa ishlab chiqarmaydi", - deya bayonot qilgan Obama

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obama Rossiyani faqat gaz, neft va qurol ishlab-chiqaradigan zaif mamlakat deb atadi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Ular kichikroq, zaifroq (AQShga nisbatan, tahr.) Ularning iqtisodiyoti boshqa davlatlar sotib olishni xohlaydigan mahsulot bermaydi, ular faqat neft, gaz va qurol sotish bilan shugʻullandi", — deb bayonot qilgan Obama juma kuni Vashingtonda oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Obama soʻzlari borasida: boshqa davlatlar haqida kamsitib gapirish – xato
"Aytish joizki, Rossiya feredartsiyasi uglevodorodlar va qurol eksporti boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda turish bilan bir qatorda, boshqa foydali qazilmalarni ham eksport qiladi va bugʻdoy eksporti boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Rossiya, shuningdek, yuqori kosmik texnologiyalar eksporti sohasida ham yetakchidir. U AQShga ham raketa dvigatellarini yetakib beradi", — deb yozgan nashr.

Nashrga koʻra, AQSH rahbari noyabr oyi oʻrtalarida uning Rossiyaga nisbatan munosabati birinchi prezident boʻlgan kunidan buyon oʻzgarmaganini aytgan. Obama oʻshanda Rossiya muhim davlatlardan biri ekanligini, harbiy super-derjavaligini, u mintaqa va butun dunyoda oʻz obroʻyiga egaligini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala