Sputnik - “Sen superzvezda” tanlovining axborot hamkori bo‘ldi

Obuna bo‘lish
“Sen superzvezda” tanlovida sobiq Ittifoq hududin 7-18 yoshli qobiliyatli bolalar uylari, maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari hamda asrab olingan bolalar ishtirok etishi mumkin.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Sputnik axbrot agentligi Rossiyaning NTV telekanalida 2017-yilda boshlanadigan «Sen superzvezda!» bolalar vokal san’ati tanlovining xalqaro axbrot hamkori bo‘ldi.

Sputnik mushtariylari ushbu tanlov yangiliklaridan birinchi bo‘lib xabar topishga, eksklyuziv foto va video materiallarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

NTV telekanalining “Sen superzvezda” yangi loyihasi ona-onasiz qolgan qobiliyatli bolalarga o‘zlari haqida baland sahnadan turib xabar berish imkoni yaratadi.

“Sen superzvezda” tanlovida sobiq Ittifoq hududi mamlakatlaridan 7-18 yoshli bolalar uylari, maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari hamda asrab olingan bolalar ishtirok etishi mumkin. 

Qatnashchilarning vokal qobiliyatlarini professional juri a’zolari baholashadi. Shuningdek ularga eng yaxshi musiqa muallimlari va produserlar bilan ishlash imkoni beriladi. “Sen superzvezda!” tanlovi boshlovchisi — TEFI sohibi Vadim Takmenyov.  

“Biz ushbu tanlov haqida efirda e’lon qilganimizdan keyin, bizning chaqiriqqa yuzlab bolalar uylari javob yuborishdi. Biz konkursda qatnashish uchun 800 dan ortiq ariza oldik. Ba’zi bolalar uylari xodimlari yozishiga ko‘ra, ularda qobiliyatli bolalar boru, lekin bugungi kun teleekranlarda ko‘plab namoyish qilinayotgan tanlovlarda qatnashish uchun ularda moliyaviy imkoniyat yo‘q ekan”, — dedi Vadim Takmenev.  

Boshlovchi aytishiga qaraganda, NTV telekanali ushbu konkurs bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy xarajatlarni, jumladan yosh bolalarning ruhiy adaptatsiya qilish jarayonini va maktab dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish masalalarini ham o‘z zimmasiga oladi. Bolalarni bu yerda nafaqat repetitsiya va suratga olish, balki bir talay kutilmagan sovg‘alar ham kutmoqda.

“Sen superzvezda!” konkursi Rossiya Ta’lim vazirligi va yordamida amalga oshirilmoqda. Konkursning barcha bosqichlari davomida bolalarni ularning qonuniy vakillari, tibbiy xodimlar, o‘qituvchi va psixiologlar kuzatib borishadi.

Ayni damda “Sen superzvezda!” vokal tanloviga arizalar qabul qilish davom etmoqda. Unda ishtirok etish uchun telefon yoki elektron pochta orqali ariza yuborish mumkin. tanlov haqida yanada to‘liq ma’lumot bilan NTV telekanali sahifasida tanishishingiz mumkin

Tanlov yangiliklari bilan Sputnik sahifalarida tanishib boring.

 

Yangiliklar lentasi
0