Hodisalar

Qirgʻiziston elchisi: Karlovni mendan uch qadam narida otishdi

Andrey Karlov
Andrey Karlov - Sputnik Oʻzbekiston
Diplomatning aytishicha, jinoyatchi oʻqi tugab toʻpponchasini oʻqlayotganida 25ga yaqin kishi binodan qochib chiqishga muvaffaq boʻlishgan

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning Turkiyadagi elchisi Ibragim Junusov Sputnik Qirgʻiziston muxbiriga rossiyalik diplomat Andrey Karlov otib oʻldirilgan Anqaradagi fotokoʻrgazmada nimalar sodir boʻlganini soʻzlab berdi.

Junusov Karlov uni va oʻzbekistonlik hamkasbini Chankaya (Anqaradagi tuman)dagi madaniyat markazida boʻlib oʻtadigan fotokoʻrgazmaga shaxsan taklif qilganligini aytdi.

Sham - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Rossiya elchisining oʻlimi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi

"Biz uchalamiz turgandik. Dastlab soʻzni Chankaya meri oʻrinbosariga berishdi, keyin Karlov soʻzga chiqdi. U koʻrgazmaga kelganlarga minnatdorlik bildirayotgan chogʻida oʻq ovozlari yangradi. Men bungacha Karlovning ortida bir oʻzi turgan, koʻkragida politsiya nishoni boʻlgan yigitni koʻrgandim. U oʻq uzayotib "Ollohu akbar!" deb qichqirdi. Hech kimga oʻrnida turmaslikni va boshini koʻtarmaslikni buyurdi. Men Rossiya elchisidan uch qadam narida turgandim", — dedi Junusov.

Diplomatning aytishicha, jinoyatchi oʻqi tugab toʻpponchasini oʻqlayotganida 25ga yaqin kishi, jumladan Junusov ham binodan qochib chiqishga muvaffaq boʻlishgan. Soʻngra yana qichqiriq va oʻq ovozlari eshitilgan.

"Keyin nima boʻlganini aniq ayta olmayman, chunki bizga u yerni tezroq tark etishimizni aytishdi. Jabrlanganlar orasida Qirgʻiziston fuqarolari yoʻq, uch kishi jarohatlangan", — dedi u.

Dushanba kuni Turkiya poytaxtida Rossiya elchisi otib oʻldirildi. Hujum vaqtida uch kishi jarohatlangan. Qotil voqea joyida otib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala