Iqtisod

Markaziy Osiyodagi eng bahaybat oyna zavodi Jizzaxda quriladi

© SinxuaJizzaxda yirik oyna zavodi qurilishi boshlandi
Jizzaxda yirik oyna zavodi qurilishi boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
16 dekabr kuni Oʻzbekistonning "Jizzax" erkin iqtisodiy hududida shishaga chuqur ishlov berish va yirik oʻlchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi zavodga rasmiy poydevor qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik oyna ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xabarda taʼkidlanishicha, 16 dekabr kuni "Jizzax" erkin iqtisodiy hududida shishaga chuqur ishlov berish va yirik oʻlchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zavodga rasmiy poydevor qoʻyish marosimi boʻlib oʻtgan.

Zavod Xitoyning "Minʼyuan silu" savdo-sanoat kompaniyasi tomonidan quriladi.

Nashrda berilgan maʼlumotlarga muvofiq, loyihaning umumiy qiymati 110 mln AQSH dollari atrofida. Rejaga muvofiq, uning birinchi navbati 2017 yil may oyida foydalanishga topshiriladi. Uning toʻliq ishga tushirilishi esa 2019 yilning sentyabriga belgilangan.

Shu vaqtdan boshlab "Minʼyuan silu" Markaziy Osiyo mintaqasida shisha mahsulotlari, katta oʻlchamli oyna ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyaga aylanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala