Dunyoda

Bugun butun dunyo musulmonlari Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kunini nishonlamoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishMadina shahri
Madina shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Musulmonlar anʼanasiga koʻra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulugʻlanadigan oylardan biri hisoblanadi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Butun dunyo musulmonlari bugun, 23-dekabr kuni Mavlidun-Nabiy, yaʼni Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning tugʻilgan kunini nishonlamoqda, deb xabar qilgan Islam Today nashri.

Musulmonlar anʼanasiga koʻra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulugʻlanadigan oylardan biri hisoblanadi.

Taʼkidlanishicha, Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning tugʻilgan kuni Robi al-avval oyining birinchi kunidanoq nishonlana boshlaydi. Bu oyda uyga mehmon chaqirish, qarindoshlarga sovgʻalar ulashish, shuningdek, xayriya bilan shugʻullanish va ehtiyojmand kishilarga yordam berish odat boʻlib hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala