Dunyoda

Tramp oʻz qasamyod tadbirida kimlarni koʻrishni xohlashini aytdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp oʻzining qasamyod tadbirida mashhurlarni emas, balki oddiy odamlarni koʻrishni xohlashini maʼlum qildi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. 2017-yilning 20 yanvar sanasida Tramp qasamyod qiladi. Ushbu munosabat bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimda. u mashhur chehralarni emas, balki oddiy xalqni koʻrishni xohlayotganini maʼlum qilgan, deb xabar bergan RIA Novosti axborot agentligi.

""A" roʻyxatidagilar deb atalguvchi mashhurlarning hammasi mening inauguratsiyamga chipta olishni xohlamoqda, ammo ular Xillari Klinton uchun nima qildi? Hech nima! Men esa odamlarni koʻrishni xohlayman", — deb yozgan milliarder oʻzining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

​Bu bilan Tramp AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida mashhurlarning aksariyati Xillari Klintonni qoʻllab-quvvatlaganini, ammo Demokratik partiyadan Amerika prezidentligiga nomzodga bu "qoʻllash" foyda bermaganiga pisanda qildi.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 8 noyabr kuni AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala