Jamiyat

Prezident sovgʻalari viloyatlarga yoʻl oldi

© http://uzedu.uz/Prezidentskiye podarki k Novomu godu otpravilis v regionы Uzbekistana
Prezidentskiye podarki k Novomu godu otpravilis v regionы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi yil sovgʻasi ichidi 12 xil oʻquv-qurollari, 15 xil shirinliklar bor. Umumiy hisobda 11 ming sovgʻa tayyorlangan.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Qarovsiz qolgan bolalar uchun moʻljallangan prezident sovgʻalari Toshkentdan viloyatlar tomon yoʻl oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Prezident sovgʻalari respublikaning barcha viloyatlaridagi va Qoraqalpogʻistonda joylashgan “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS-Bolalar qishloqlari” hamda kam taʼminlangan oilalalarga tantanali sharoitda topshiriladi.

"Bu yil umumiy hisobda 11 mingta sovgʻalar tayyorlangan. Bayram sovgʻasi ichida – 12 xil oʻquv-qurollari, 15 xil shirinliklar bor. Sovgʻalar Oʻzbekiston prezidenti nomidan topshiriladi. 3,85 ming sovgʻa Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransport yordamida, 6,04 ming sovgʻa “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” samolyotilari bilan 25-28 dekabr kunlari yetkizib beriladi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Anʼanaga koʻra, Prezident archasi Toshkentda 29 dekabr kuni “Turkiston” sanʼat saroyida boʻlib oʻtadi. Bayramda respublikaning yetuk artistlari bolakaylar uchun teatr sahnalari, qoʻshiq va raqslar ijro etishadi. Shuningdek bolalar Qor bobo va Qor qiz bilan birgalikda oʻyinlar oʻynab, sheʼrlar oʻqishadi va topishmoqlarga javob izlashadi.

© http://uzedu.uzPrezident sovgʻasi viloyatlarga yetkizib berilmoqda
Prezidentskiye novogodniye podarki otpravilis v regionы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident sovgʻasi viloyatlarga yetkizib berilmoqda

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala