Jamiyat

Samarqandda 243ta korxona faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / StringerSamarqanddagi koʻcha.
Samarqanddagi koʻcha. - Sputnik Oʻzbekiston
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Oʻzbekistonda "Yongʻin xavfsizligi kunlari" oʻtkazilmoqda

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Samarqand shahar IIB YOXB xodimlari "Yongʻin xavfsizligi kunlari" doirasida joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashri.

"Tekshiruvlar jarayonida yongʻin chiqish xavfi boʻlgan 243 ta korxona, tashkilot va muassasalarning ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. 10 mingdan ortiq nosoz gaz va elektr isitish asboblaridan foydalanish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi", — deyiladi xabarda.

Nashrda qoʻshimcha qilinishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahri, Istiqlol koʻchasidagi xonadonlarning birida yongʻin kelib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz yongʻinga sabab boʻlgan. Voqea joyiga yetib kelgan shahar IIB YOXB yongʻinning oldini olish guruhi oʻt oʻchiruvchilari ofatni bartaraf etishdi. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan ushbu noxush hodisa oqibatida xonadon sohibi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala