Dunyoda

Turkiyadagi teraktni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxsning surati eʼlon qilindi

© AFP / LYAS AKENGINTurkiya politsiyachilari
Turkiya politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Istanbul shahridagi tungi klubidagi terakt Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Turkiya politsiya xizmati Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan shaxs suratini eʼlon qildi.

Bu haqda 2 yanvar kuni CNN Turk telekanali xabar tarqatdi.Teröristin kimliği ile ilgili yeni bilgiler https://t.co/s0yEuEIYqj pic.twitter.com/Qq6Gk9TzRq

​​​​Surat sifati juda yomon, chunki u tashqi kuzatuv kamerasi yordamida olingan.

Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Islom davlati" Turkiyadagi terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "ID"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan edi

Berilayotgan xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata oʻt ochgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala