Hodisalar

Istanbulda terrorchini ushlash boʻyicha oʻtkazilgan maxsus operatsiya natija bermadi

© Foto : DHATuretskaya politsiya
Turetskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Terrorchi Istanbuldagi tungi klubda odamlarga qarata oʻt ochganidan soʻng, shahar politsiya xizmati jinoyatchi izidan tushgani aytilgan edi. Ammo seshanbaga oʻtar kechasi oʻtkazilgan maxsus operatsiya natija bermadi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Yangi yil oqshomida odamlarga qarata oʻq uzgan terrorchini qoʻlga olish maxsus operatsiya oʻtkazilgan edi. RIA Novosti nashri xabariga koʻra, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari vakillari dushanba kuni Zeytinburnu tumanida gumondorni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirganlar. Ammo politsiyachilarning urinishi behuda kechgan.

Istanbul shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Manba: Turkiya terakt yuzasidan Oʻzbekiston tomonga bildirish hujjatlarini taqdim etani yoʻq
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "ID"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan edi.

Berilayotgan xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata oʻt ochgan.

Ilgariroq Istanbul shahri Oʻrtakay tumanida joylashgan tungi klubda teraktni amalga oshirgan shaxsnig surati eʼlon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala