Jamiyat

Oʻzbekistonda uchta tuman hokimi va ularning oʻrinbosarlari javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyKreslo
Kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon va Chortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust va Yangiqoʻrgʻon tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 16 nafar fermer xoʻjaligi rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortildi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Prokuratura uchta tuman hokimi va ularning yetti nafar oʻrinbosarlarini javogarlikka tortdi, deb yozadi kun.uz nashri "Huquq" gazetasiga tayangan holda.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev hokimlarning ishdan olinishlari sababini maʼlum qildi
Xabarda taʼkidlanishicha, Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha vazifalarni bajarmaganlik uchun prokuratura taqdimnomasiga asosan Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon va Chortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust va Yangiqoʻrgʻon tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 16 nafar fermer xoʻjaligi rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

"Viloyatda oʻtgan yilning may-oktyabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha belgilangan rejalar bajarilmagani maʼlum maʼlum boʻldi. Bunga ekinlarni parvarishlash va gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekishni tashkil qilishdagi kamchiliklar sabab boʻlgan", — deyiladi xabarda.

Hammasi boʻlib 38 nafar masʼul shaxs qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik xususida rasman ogohlantirildi, deb taʼkidlaydi nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala