Jamiyat

Oʻzbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qoʻyildi

© Sputnik / Maxim Bogodvid / Fotobankka oʻtishRossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot
Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu loyiha keng muhokama qilish maqsadida "Oʻzstandart" agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Davlatlararo standartlashtirish doirasida Belarusning Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan "Halol" mahsuloti. Mahsulot, ishlab chiqarish, saqlash, transportda tashish, sotish va markirovkaga qoʻyiladigan talablar. Asosiy tushunchalar" davlatlararo standart loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi kunda ushbu davlatlararo standart loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqib, muhokama etilmoqda. Ushbu loyiha keng muhokama qilish maqsadida "Oʻzstandart" agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi.

Saytda bildirilishicha, mazkur loyiha haqidagi takliflar va eʼtirozlarni 2017 yilning yanvar oyi oxiriga qadar "Oʻzstandart" agentligi "Axborot-maʼlumot markazi"ning quyidagi manziliga yuborish mumkin: Toshkent shahri, Farobiy koʻchasi, Harakat tor koʻcha.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala